• 18-Dekabr, 2025-yil 12:29

Xalqaro Innovatsion Universitet talabalari — O‘zbekiston Kubogida!

O‘zbekiston Kubogining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa davomida o‘zining yuqori mahorati va jamoaviy ruhini namoyon etganlar qatorida Xalqaro Innovatsion Universitetimizning voleybolchi talabalari ham munosib ishtirok etdi.

🎓 Universitetimiz talabalari musobaqa davomida faol ishtirok etib, universitet sha’ni va nufuzini munosib himoya qildilar. Shu munosabat bilan, universitet rahbariyati nomidan barcha sportchi talabalarimizni chin dildan tabriklaymiz.

🌟 Kelgusidagi musobaqalarda ham sizlarga ulkan zafarlar, kuch-g‘ayrat va omad tilab qolamiz. Universitetimiz sharafini doimo munosib himoya qilib yurishingizga ishonamiz!


Ulashish: