Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 2024-yil 12-dekabrdagi F-62-sonli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 14-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitet "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi oʼqituvchilari Murabbiy Sh.Sharifov, S.Beknazarov tashabbusi bilan o'ziga biriktirilgan quruh talabalari ishtirokida Qarshi shahridagi "Vatanparvarlar bog'i"ga sayohat tashkil etildi.
Ushbu sayohat maqsadi talaba-yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakillantirish, milliy qadriyatlarni hurmat qilish va tarixiy yodgorliklar bilan tanishtirishdan iborat edi.
Sayohat davomida talabalar nafaqat bog' hududidan joy olgan harbiy eksponatlar bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar, balki, Ona Vatanimiz mustaqilligi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimiz, mard va jasur og'lonlarimizning unutilmas jasorati haqida ham fikr almashish imkoniga ega bo'ldilar.