Joriy yilning 30-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitet "Pedagogika" kafedrasi oʼqituvchisi O.Kaxxorova tashabbusi bilan o'ziga biriktirilgan quruh talabalari ishtirokida bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Qarshi shahridagi "Vatanparvarlar bog'i"ga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida talabalar nafaqat bog' hududidan joy olgan harbiy eksponatlar bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar, balki, Ona Vatanimiz mustaqilligi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimiz, mard va jasur og'lonlarimizning unutilmas jasorati haqida ham fikr almashish imkoniga ega bo'ldilar.
Ulashish: