🎓 Xalqaro innovatsion universiteti Tarix va filologiya fakulteti dekani J.Jabborov va amaliyotlarni tashkil etish sektori bosh mutaxassisi J.Raxmatov boshchiligida 3-kurs talabalarining malakaviy amaliyot jarayonlari tahlil qilindi.
📚 Tashrif davomida Qarshi shahridagi 13 va 29-maktablarida rahbariyat bilan uchrashuv ham oʻtkazilib, maktab direktori bilan amaliyot jarayoni va talabalar faoliyati yuzasidan fikr almashildi. Maktab jamoasi talabalar tomonidan oʻtkazilgan dars jarayonlarini yuqori baholab, pedagogik amaliyotning ahamiyatiga alohida toʻxtalishdi.
🔆 Talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlash, dars jarayonlarini samarali tashkil etish va pedagogik mahoratni rivojlantirish boʻyicha qimmatli tajribaga ega boʻlmoqdalar. Kelgusida amaliyotni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.