🎓 Joriy yilning 4-mart kuni Xalqaro innovatsion universitet Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari va Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari Qarshi shahridagi 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda oʻquvchilar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini o'tkazildi.
📚 Talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlash, dars jarayonlarini samarali tashkil etish va pedagogik mahoratni rivojlantirish boʻyicha qimmatli tajribaga ega boʻldilar. Shuningdek, g'olib bo'lgan yoshlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Ulashish: