Joriy yilning 13-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet Talablar turar joyida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri N.Urakova, dotsent G'.Soatov, o'qituvchisi S.Beknazarov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv jarayonida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar zamirida xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti, yoshlarning porloq kelajagini taʼminlash kabi ezgu maqsadlar mujassam ekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Ularni shu bugunga qadar erishgan yutuqlari, hayot yoʻli, ustozlari tomonidan bergan bilim va koʻnikmalari soʻzlab berishlari talaba-yoshlarga katta taassurot qoldirdi.
Bunday uchrashuvlar talaba-yoshlarni tafakkur qilishga, yurt istiqboli uchun masʼuliyatli boʻlishga, yaratib berilgan shart-sharoitdan unumli foydalanishda, bugungi oʻzgarishlarga shukronalar aytish va kelajak sari katta maqsadlar belgilab olishga xizmat qiladi.