🏆Joriy yilning 28-fevral kuni Shahrisabz shahrida "Yurtim qadriyatlari" respublika ko'rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Mazkur tanlov yurtimizning milliy qadriyatlari, boy madaniy merosi va an'analarini targ'ib etish, talaba-yoshlarni ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon qilishga qaratildi.
🏆Xalqaro innovatsion universitet "Voha qadriyatlari" jamoasi o‘zining yuksak tayyorgarligi va ijodiy chiqishlari bilan tanlovda alohida e’tirof etildi. Ularning chiqishlari milliy qadriyatlar va musiqiy-ma’naviy boyliklarimizni yuksak darajada ifodaladi.
Ulashish: