• 16-Mart, 2024-yil 14:42

Xalqaro innovatsion universitet Volontyorlik guruhlari bilan birgalikda “Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi

🌿 2024-yilning 16-mart kuni Xalqaro innovatsion universitet Volontyorlik guruhlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 137-F-son Farmoyishiga muvofiq joriy yilning 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 03/42-726-sonli xatiga asosan Qarshi shahar “Eski Anhor” MFY hududi hamda mahalladagi yolg‘iz yashovchi keksalar xonadonlarini obodonlashtirishga va tozalik ishlariga ko‘maklashdi. 

🌿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-167-sonli qarorining 11 (3)-bandida  O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalarni ma’naviy-ruhiy hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida  yolg‘iz yashovchi keksalar holidan xabar olindi.


Ulashish: