🔸 Bugun, 1-may kuni Xalqaro innovatsion universitet Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor Saidahror Gulyamov ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
🔻 Uchrashuvda akademik Saidahror Gulyamov "Yangi O'zbekiston strategiyasida ta'lim sifatini baxolash muammolari" mavzusida o'z ma'ruzalarini olib bordi.
🔺 Uchrashuv davomida akademik tomonidan bugungi kunda ta'lim tizimi va uning barcha bo'g'inlari, xususan maktabgacha ta'lim tizimi oldida turgan ustuvor vazifalar, ta'limning mazmuni va mohiyati, yuqori malakalari pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyoj masalalari bo'yicha batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.
🔵 O'tkazilayotgan bunday uchrashuvlardan maqsad, jamiyatimizda ilm-fanning ro'lini oshirish, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg'or ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etishdan iborat.