• 11-Iyun, 2025-yil 13:01

Xalqaro innovatsion universitetda an’anaviy boʻlib kelayotgan "Kitobxon talaba" tanlovi bo'lib o'tdi.

📚 Xabar berganimizdek  bugun, 28-may kuni Xalqaro innovatsion universitetda an’anaviy boʻlib kelayotgan "Kitobxon talaba" tanlovi bo'lib o'tdi. 

📖 Talabalar shu asarlar bo'yicha bellashdilar:
➡️ 1. Nazar Eshonqul. “Maymun yetaklagan odam”  
➡️ 2. Muhammad Yusuf. Saylanma. Sheʼrlaridan yod aytish va tahlil qilish.
➡️ 3. O‘lmas Umarbekov “Odam bo‘lish qiyin” 
➡️ 4. Shukrullo “Kafansiz ko‘milganlar”
➡️ 5. O‘tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”

🎓 Yakuniy natijalarga ko'ra:
➡️ 1-o'rin — Nasimova Sabrina
➡️ 2-o'rin — Sa'dullayeva Xilola
➡️ 3-o'rin — Hayitova Maryam

📚 G'oliblar darajali diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi!


Ulashish: