• 7-Aprel, 2025-yil 19:51

Xalqaro innovatsion universitetda “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi!

🔸 Tanlov quyidagi 4 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi:
✍️ Adabiyot yo‘nalishi – she’r, hikoya, esse, dramatik asar va insho;
🎨 Tasviriy san’at yo‘nalishi – mavzuga oid plakatlar, rasmlar, grafik ishlanmalar, akvarel va boshqa san’at asarlari;
🖌  Amaliy san’at yo‘nalishi – naqqoshlik, o‘ymakorlik, qo‘lda ishlangan buyumlar va boshqa hunarmandchilik ishlari;
📷 Foto yo‘nalishi – mavzuga oid 10 ta suratdan oshmaydigan foto hikoyalar.

🏆 Tanlov g‘oliblari har bir yo‘nalish bo‘yicha Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan BHMning 2 barobari miqdorida mukofot bilan rag‘batlantiriladi!

📅 Tanlov universitet bosqichi joriy yilning 9-aprel kuni o'tkaziladi

🎯 Ijodiy fikringiz va iste’dodingizni namoyon qiling – jamiyatga ijobiy hissa qo‘shing!


Ulashish: