Xalqaro innovatsion universitet hamda 🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod lingvistika universiteti o‘rtasida ZOOM platformasi orqali rasmiy muzokaralar o‘tkazildi. Muloqot davomida 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab 1+1 formatidagi qo‘shma magistratura dasturini tashkil etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi va dastlabki kelishuvlarga erishildi.
💠Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘l xaritasi asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishga qat’iy rozilik bildirdi. Shuningdek, ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar almashinuvi, madaniy-ma’rifiy tashabbuslar, jumladan, sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha ham fikr almashildi.
💠 Uchrashuv yakunida Xalqaro innovatsion universitetda Rus tili markazini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zaro anglashuvga erishildi.
Uz
Ru
En