🎓 Ayni vaqtda, Xalqaro innovatsion universitetda “Yakuniy nazorat” jarayonlari qizg‘in davom ettirilib, yakuniylar: test, yozma, amaliy va og‘zaki shakllarda olib borilmoqda.
📚 “Yakuniy nazorat” imtihonlari davomida talaba-yoshlar uchun zarur bo‘ladigan navbatdagi eslatma: Talaba taqiqlangan vositalar, misol uchun: telefon, oldindan tayyorlangan ma’lumotlar varaqasidan foydalansa yohud nazoratchilarning ogohlantirishiga qaramasdan imtihon jarayonlarida tartibsizlik keltirib chiqarsa “Yakuniy nazorat”dan chetlashtiriladi va dalolatnoma tuziladi.
✅Ma’lumot o‘rnida, “Yakuniy nazorat” imtihonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida mazkur jarayonlar Xalqaro innovatsion universitetning rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.
Ulashish: