• 18-Dekabr, 2025-yil 10:56

Xalqaro innovatsion universiteti jamoalari yuksak natijalarga erishdi!

⚡️ Joriy yilning 20-noyabr kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida Xalqaro innovatsion universiteti jamoalari yuksak natijalarga erishdi!

🏆 Voleybol sport turi bo'yicha yigitlar jamoamiz final bosqichida  amaldagi Respublika chempioni Buxoro davlat universitetini mag'lub etib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

🏀 Stritbol sport turida esa universitet qizlar jamoasi kuchli raqobatga qaramay, ulkan mahorat ko‘rsatib, faxrli 2–o‘rinni egalladi!

☄️ Bu yutuqlar jamoalarimizning mahorati, jipsligi va muntazam tayyorgarligining yorqin isbotidir. Natijalar butun universitet jamoasi uchun cheksiz faxr va g‘urur bag‘ishlaydi.

🥳 Ma’muriyat har ikki jamoani samimiy tabriklaydi!
Umidli yoshlar – bizning kelajagimiz!


Ulashish: