• 30-Aprel, 2025-yil 12:45

Xalqaro innovatsion universiteti rasmiy tashrifi

🎓 Xalqaro innovatsion universiteti Xalqaro hamkorlik, ilmiy va innovatsiyalar bo'yicha prorektor S.Nigmatjonov hamda Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i A.Mamatqulovlar ayni kunlarda Xorazm viloyatidagi Ma'mun universitetida rasmiy tashrif bilan bo'lib turibdi.

💻 Tashrif davomida Ma’mun universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki oliy ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishildi.

📚 Uchrashuv chog‘ida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va innovatsion dasturlarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

➡️ Tashrifning asosiy qismi sifatida, ertaga Xalqaro innovatsion universiteti va Ma’mun universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan. 

👍 Bu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi va xalqaro ta’lim aloqalarini mustahkamlashiga xizmat qiladi.


Ulashish: