🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni 1-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-martdagi 30/1-2003- sonli topshiriq xatiga asosan “Yoshlar balansi” asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga “og‘ir” toifadagi, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlarni biriktirish belgilangan.
⭐️Universitet mas’ullari Shahrisabz tumani Saroy MFYda yashaydigan bir guruh yoshlar xonadoniga tashrif buyurib, manzilli o‘rganish ishlarini olib bordilar.
⭐️Ushbu yoshlar bilan doimiy muloqotlar o'tkazilib, ularning hayotda o'z o'rnilarini topishga, bandligini ta'minlash, yechimini kutayotgan muammolarini hal etishda amaliy ko'mak berilmoqda.
⭐️Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro innovatsion universiteti rektori U.D.Ortiqovga Shahrisabz tumani Saroy MFY yashaydigan davlatning alohida ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi 12 nafar yoshlar biriktirilgan.