• 3-Noyabr, 2023-yil 8:55

Xalqaro Innovatsion Universiteti talabalari Viloyat Drama teatrga olib borildi.

Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Teatr esa oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli
islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash,
yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan,
zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o'zlashtirgan har
tomondan sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini
izchil amalga oshirish hamda talaba-yoshlarni teatr san'atiga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 2-noyabr sanasida
Xalqaro Innovatsion Universiteti talabalari Viloyat Drama teatrga olib borildi.
Unda  universitetining mas'ul hodimlari, guruh murabbiylari va 300 dan ortiq talabalari spektaklni qiziqish bilan tomosha qilishdi.


Ulashish: