• 27-May, 2025-yil 18:36

Xalqaro innovatsion universitetida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari faoliyati yanada takomillashtirildi!

Bugun, 7-may kuni Xalqaro innovatsion universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor F.Rajabova, Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul bo‘lgan rektor maslahatchisi T.Uralov va Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkilot yetakchisi F.Pirmatov ishtirokida "Qalqon" jamoatchilik guruhi a’zolariga guvohnoma va maxsus formalar topshirildi.

"Qalqon" guruhining asosiy maqsadi - mamlakatimizdagi islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va turli yot g'oyalardan himoya qilishdir. 


Ulashish: