• 22-Oktabr, 2025-yil 13:30

Xalqaro innovatsion universitetida Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlandi!


🎉Bugun, 1-oktabr kuni," Xalqaro innovatsion universitetida Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir davomida ustoz va murabbiylarga hurmat bajo keltirilib, ular faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🎖

Universitet talabalari tomonidan tayyorlangan jonli chiqishlar, she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. 🥳🎤

📍Tadbirda so‘zga chiqqan universitet rektori A.S.Mallayev ustozlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ilm-fanga, yoshlar tarbiyasiga qo‘shgan hissalari haqida samimiy fikrlar bildirishdi.

Bu bayram – ilmga, mehnatga, fidoyilikka ehtirom bayrami!


Ulashish: