Xalqaro innovatsion universitetiga kuni kecha "15-mart – Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni" munosabati bilan Ipotika banki mutaxassislari o'z taqdimotlari bilan tashrif buyurdi. “Moliyaviy sektordan qiziqarli maʼlumotlar: mijozlar va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish” mavzusida oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.
Fakultet professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirokida oʻtkazilgan seminarda Ipotika banki mijozlar uchun taklif qilayotgan kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyati haqida soʻz yuritildi.
Ulashish: