• 13-Noyabr, 2025-yil 15:27

XALQARO STANDARTLARGA MOSLIGI BO‘YICHA AKKREDITATSIYA

👍 Xalqaro innovatsion universiteti xalqaro ta’lim standartlariga integratsiyalashish yo‘lida navbatdagi muhim bosqichni amalga oshirdi. 📆2025-yil 11-noyabr kuni universitet vakillari va Germaniyaning nufuzli ACQUIN (Accreditation, Certification and Quality Assurance Institute) xalqaro akkreditatsiya agentligi mutaxassislari o‘rtasida videomuloqot shaklida rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.

🎓 Mazkur uchrashuvda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T. Haydarov va universitet Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i D. Xolikova,  boshqa mas’ullar tomonidan XIU ta’lim dasturlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash, sifatni doimiy oshirib borish, hamda diplomlarning xalqaro miqyosda tan olinishiga erishish strategiyasi batafsil taqdim etildi.

Taqdimot davomida XIU vakillari tomonidan mavjud bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarining mazmuni, o‘quv rejalari, malaka talablari, o‘quv jarayonini boshqarish tizimi hamda sifat kafolatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quv dasturlarining xalqaro talablarga uyg‘unligi va ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar qo‘llanilayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘z navbatida, ACQUIN xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Jasmine Rudolph rahbarligidagi ekspertlar guruhi akkreditatsiya jarayonining asosiy mezonlari, baholash bosqichlari, zarur hujjatlar to‘plami va ekspert xulosalarini tayyorlash tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi. Ular XIU tomonidan ko‘rsatilgan dastlabki natijalarni ijobiy baholab, dasturlarni xalqaro darajada tan olish bo‘yicha aniq amaliy tavsiyalarni ilgari surdilar.

✔️tomonlar o‘zaro muzokaralar natijasida akkreditatsiya jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish, 
✔️dastlabki audit va tayyorgarlik bosqichini tashkil etish, 
✔️ichki sifatni baholash tizimini kuchaytirish 
✔️ekspertlar bilan muntazam aloqada bo‘lish masalalarida kelishuvga erishdilar.

Uchrashuv yakunida keyingi hamkorlik yo‘nalishlari, o‘zaro tashriflar rejalari va qo‘shma ishchi guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar belgilandi.

Mazkur xalqaro hamkorlik Xalqaro innovatsion universiteti bitiruvchilarining diplomlarini xorijda tan olinishini ta’minlash, ularning jahon mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash va ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Natijada, XIU o‘zining xalqaro akkreditatsiya yo‘lidagi faol harakatlari orqali nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqada innovatsion ta’lim modelini targ‘ib etuvchi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylanish sari qat’iy qadam tashlamoqda.


Ulashish: