• 20-Noyabr, 2023-yil 14:49

«Xalqaro talabalar » kuni munosabati bilan «Talabalikdan - kelajak sari» shiori ostida shou-konsert dasturi bo’lib o’tdi.

🔰16-noyabr kuni O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va Xalqaro Innovatsion Universitet bilan hamkorlikda «Xalqaro talabalar » kuni munosabati bilan «Talabalikdan - kelajak sari» shiori ostida shou-konsert dasturi bo’lib o’tdi.

🏢Xalqaro Innovatsion Universitet talaba yoshlari konsertni o’zgacha kayfiyat bilan qarshi olishdi. Dastlab tadbirni Qashqadaryo viloyati hokimi  Murodjon Azimov ko’tarinki kayfiytda ochib berdi va shu bilan bir qatorda faol yoshlar yetakchilarini estalik sovg’alar bilan taqdirladi.

Konsertni «BRAVO» jamosining aktyori Umid Umarov va Xalqaro Innovatsion Universitet yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i O’.Maxmudov ko’tarinki ruhda olib borishdi va shu bilan bir qatorda «ARTIST» ko’rsatuvi ishtirokchilalarning chiqishlari konsertga o’zgacha energiya bag’ishladi. 

📍O'ylaymizki talaba yoshlar konsert dasturida talabalik davrini his etishdi.


Ulashish: