• 14-Fevral, 2025-yil 10:11

Xalqimiz o‘tganlarning ruhlarini shod etish, shaxsiga hurmat bajo keltirishga alohida e’tibor qaratadi.

Ham sayohat, ham ziyorat

⭐️ Xalqimiz o‘tganlarning ruhlarini shod etish, shaxsiga hurmat bajo keltirishga alohida e’tibor qaratadi. Bu ulug‘ siymolar yotgan, bugungi kunda obod go‘shaga aylantirilgan qadamjolarni ziyorat qilishga intiladi, ular hayotligida qilgan ezgu ishlarni o‘rganish, xotirasini yod etish payida bo‘ladi. 

➡️ Joriy yilning 7-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari tashabbusi bilan talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Kasbi tumanida joylashgan Sulton Mirhaydar ota ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi. 

👊 Sayohat davomida Sulton Mirhaydar ota maqbarasida ziyorat qilinib, u kishining tarixlari, qoʻlyozma kitoblari islom diniga qoʻshgan hissalari boʻyicha tushunchaga ega boʻlindi.


Ulashish: