🎓 Bugun, 25-sentyabr kuni Xalqaro innovatsion universitetda soha mutaxassislar ishtirokida “Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
🔺 Tadbirda Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul bo‘lgan rektor maslahatchisi T.Uralov, Pedagogika fakulteti dekani S.Hayitov, Qarshi shahar Eski-Anhor MFY profilaktika inspektori, mayor J.Fayziyev, Yoshlar yetakchisi M.Xaydarova hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
➡️ Tadbir davomida talaba-yoshlar o'rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qarshi immunitetni shakllantirish hamda ularning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
✔️ Shuningdek, psixotrop moddalar va giyohvandlik vositalarining inson salomatligi va jamiyatga zararli ta’siri yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan zararli odatlardan voz kechishning usullari, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Uz
Ru
En