Xitoy Xalq Respublikasida “Ipak yo‘li iqtisodiy kamaridagi rus tilida so‘zlashuvchi davlatlar uchun kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha malaka oshirish kursi”da Xalqaro innovatsion universitet Xalqaro hamkorlik, ilmiy va innovatsiyalar bo'yicha prorektor S.Nigmatjonov ishtirok etmoqda.
🔸 Ushbu xalqaro tadbir doirasida “Bugungi global sharoitda qashshoqlikni kamaytirish va kambag‘allikka qarshi samarali kurash har bir mamlakatning ustuvor vazifalari” mavzusida maruza taqdim etildi.
🔺 Seminar doirasida turli davlatlardan mutaxassislar ishtirokida tajriba almashish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim topish, innovatsion yondashuvlar muhokama qilinmoqda.
Ulashish: