Xalqaro innovatsion universitetda
"Xon Atlas" Haftaligi - 2024!🚲
E'lon berganimizdek, joriy yilning 9-14 sentyabr kunları Oila va xotin-qizlar qo'mitasining tashabbusi bilan Xalqaro innovatsion universitetida "Xon Atlas" haftaligi davom etmoqda!!!
Milliy brendimizga aylangan shohona ipak matolar - atlas-u adras o'zbek ayolining asl ziynati. Atlas, adras, beqasam-u shoyi serjilo, jilvakor matolarimizdan tikilgan o'zbekona liboslarimiz har qanday inson ko'nglini maftun qiladi.
Ayniqsa, yurtimiz bo'ylab o'tkazilishi an'anaga kirgan "Xon atlas" festivalida dilbar ayollarimiz turfa rangbarang liboslarda yanada maftunkor ko'rinishadi.