Xalqaro innovatsion universitet "Xorijiy filologiya" kafedrasi o'qituvchilari Lingvistika (ingliz tili) Magistratura bosqichida ta'lim olayotgan talabalarga "Ilmiy faoliyatga yo'naltirilgan chet tili" fanidan "IMRAD talablari" mavzusida seminar-trening o'tkazdi.
📚 Seminarda Ilmiy maqola yozish talablari, xalqaro va mahalliy anjumanlarda maqola bilan ishtirok etish , Ilmiy maqola va Tezis o'rtasidagi farqlar to'g'risida tushunchalar berildi. Seminarda faol ishtirok etgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Ulashish: