• 15-Yanvar, 2025-yil 10:27

Xorijiy filologiya kafedrasi o'qituvchisi N.Qorayeva tashabbusi bilan FI-23-05K guruh talabalari ishtirokida

Xorijiy filologiya kafedrasi o'qituvchisi N.Qorayeva tashabbusi bilan FI-23-05K guruh talabalari ishtirokida "Qashqadaryo viloyati Saida Nasafiy nomidagi axborot-kutubxona markazi"ga sayohat tashkil etildi

📚 Sayohat davomida talabalarga axborot-kutubxona markazining kutubxona xizmatlari, o'quv va ilmiy resurslar, elektron kutubxona tizimi haqida batafsil ma'lumot berildi. Markazdagi zamonaviy texnologiyalar va innovatsion ishlanmalar, ayniqsa, elektron va raqamli resurslarga qaratilgan katta e'tibor, talabalarga ilmiy izlanishlar va o'qish jarayonida qanday yordam berishi mumkinligini ko'rsatdi. 

🎓 Shuningdek, markazda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, o'qish va axborot almashish jarayonlari bilan tanishib, talabalar kutubxona tizimi va axborot resurslari bilan yanada yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi.


Ulashish: