#xalqaro_hamkorlik
Xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalarining samarasi sifatida 2024-yilning 5-mart kuni Turkiyaning Otaturk davlat universiteti Qardosh turk lahjalari va adabiyoti bo‘limi boshlig‘i, f.f.d., professor Husayn Boydemir universitetimizning Boshlang‘ich ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabalariga navbatdagi ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ma’ruzada professor bugungi kunda barcha turkiy xalqlar tilshunosligidagi dolzarb muammolar, o‘zbek va turk tillari fonetikasi, leksikasi xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, olim o‘z mamlakatlaridagi alifbo va tarixiy til jarayonlari haqida ma’lumot berib, barcha turkiy xalqlar yagona alifboga o‘tish ishlarini jadallashtirishi muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Basharti, turkiy davlatlar o‘rtasida yagona alifbo masalasi ko‘tarilgan ekan, bu qanday g‘oya, nimaga xizmat qiladi, nega kerak, qanchalik yashovchan va O’zbekiston xalqi tili, adabiyoti, madaniyati rivojida qanchalik ahamiyat kasb etishi xususida ham o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Professor Husayn Boydemir tomonidan o‘tilayotgan darslar talabalar va professor-o‘qituvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
👍 XIU. Axborot xizmati