• 15-Sentabr, 2025-yil 11:31

Yangi o‘quv yili – yangi bilim va yuksak maqsadlar muqaddimasi!

🎓Bugun yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga start berildi. Xalqaro innovatsion universitetida ham "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida oʻquv yili tantanali ravishda, koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.

🎓 Yangi oʻquv yili ochilish marosimida Xalqaro innovatsion universitet rektori A.S.Mallayev nutq soʻzlab, barcha yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi hamda talabalik baxtiga muyassar boʻlgani bilan tabrikladi.

🎓 Tantanali marosim davomida tabrik so‘zlari, vatanni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar tinglandi.


Ulashish: