🌳 Koʻchat ekish, bogʻ yaratish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biridir. Ana shu anʼanalarimizning bardavomligi esa bugungi islohotlarimizda namoyon boʻlmoqda.
👍 Shu maqsadda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish tadbiri o'tkazildi. Unda Xalqaro innovatsion universitet jamoasi hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.
🌳 Bu kabi tashabbuslar nafaqat yurtimizning ekologik holatini yaxshilash, balki fuqarolar o‘rtasida tabiatga bo‘lgan mehrni oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Yashil makon” loyihasi kelgusida yanada kengayib, mamlakatimizning ekologik barqarorligiga katta hissa qo‘shadi.
Ulashish: