Xalqaro innovatsion universitetda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida o‘quv-amaliy profilaktik tadbir o‘tkazildi
🤏Ushbu tadbirda Qarshi shahar FVB inspektorlari Sh.Niyozov va A.Ravshanovlar tomonidan talabalarga birlamchi yong‘in o‘chirish vositasining ishlatilishi, yong‘in-qutqaruv asbob-anjomlari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
🤏Mazkur tadbir talabalarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, is gazi, yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq bilimlarini rivojlantirish, shuningdek, talabalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida mas’uliyat hissini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ulashish: