• 27-May, 2025-yil 18:53

Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun” tadbiri o‘tkazildi

🔺 Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun” tadbiri o‘tkazildi

🔺 Bugun, 21-may kuni Xalqaro innovatsion universitetda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun” nomli profilaktik tadbir tashkil etildi.

💠 Tadbirda FVV polkovnik U.Hamdamov, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik U.Axrorov, Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U.O'rinov, inspektori Sh.Niyozov hamda professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

🔸 Uchrashuv davomida filial jamoasi va talabalar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik suhbatlar olib borildi. Mutaxassislar tomonidan yong‘in yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish, evakuatsiya tartiblari kabi masalalar bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

🎓 Tadbirda yong‘inlarning oldini olish, xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va barchaning bu boradagi mas’uliyatini oshirish zarurligi ta’kidlandi.


Ulashish: