• 31-Yanvar, 2025-yil 17:43

Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari tomonidan talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida

🎓 Joriy yilning 31-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari tomonidan talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Vatanparvarlikni chinakam eʼtiqodga aylantiraylik” shiori ostida “Munozara” debat bellashuvi o'tkazildi.

📚 Debatda ikkita jamoalar “Ekologik muammo iqtisodiy muammodan muhim” mavzusida “Tasdiq” va “Inkor” shaklida o‘zaro musobaqalashdi. Debat yakunida “Tasdiq” shaklida qatnashgan jamoa g‘olib deb topildi. 

❗️ ESLATMA: “Munozara” debat bellashuvlarida ishtirok etish istagidagilar Yoshlar bilan ishlash, ma’anaviyat va ma’rifat bo‘limi va Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilotiga murojaat qilishi so‘raladi.


Ulashish: