• 15-Sentabr, 2025-yil 11:37

Yoshlar oqshomi — Yangi o‘quv yili shodiyona bilan boshlandi!

🎓Xabar berganimizdek, kuni kecha Xalqaro innovatsion universitet Talabalar shaharchasida "Yoshlar oqshomi" konsert dasturi tashkillashtirildi.

🎓Kechada taniqli xonanda Hojiakbar Haydarov tomonidan ijro etilgan raqsbop musiqalar va jonli kuy-qoʻshiqlar davraga oʻzgacha shukuh bagʻishladi, yoshlarga chinakam bayramona atmosfera ulashdi.

✔️Musiqa va raqsga boy, iliq muhitda oʻtgan “Yoshlar oqshomi” talabalarning ijodiy faolligini oshirish, ularning oʻzaro doʻstona aloqalarini mustahkamlashda muhim omil boʻldi.


Ulashish: