• 1-Mart, 2025-yil 16:08

Yoshlarni ekstremizm gʻoyalaridan asrash – barqarorlik omili!

Xalqaro innovatsion universitetda “Yoshlarni ekstremizm gʻoyalaridan asrash – barqarorlik omili!”, “Internetda ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling!” va “Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiymeʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati” hamda “Oʻzbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviylik uygʻunligi” mavzularida davra suhbati o'tkazildi.

🔆 Mazkur tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Kurbonova, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi uslubchisi M.Rajabova, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi N.Xamidova hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

✔️ Tadbirda soʻz olganlar hozirgi vaqtda koʻz oʻngimizda dunyoning turli joylarida roʻy berayotgan chuqur oʻzgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan koʻra muhimligi, yoshlardagi maʼnaviy boʻshliqni toʻldirish, ularni turli tajovuzlardan himoya qilish, qalbida Ona-Vatanga boʻlgan muhabbatni yanada kuchaytirish, buyuk tariximizni, milliy qadriyatlarimizni ularning ongu shuuriga singdirish zarurligini taʼkidladilar.


Ulashish: