Xalqaro innovatsion universitetda “Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir
koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida targʻibot tadbir tashkil etildi.
📚 Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i S.Saydaliyev tomonidan mamlakatimizda giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, bugungi kunda jamiyat va oilalar tanazzuliga sabab bo‘layotgan giyohvandlik illatiga qarshi kurashish zarurligi hamda ushbu xavf-xatarlarga nisbatan hushyor va ogoh bo‘lish davr talabi ekanligi ta’kidlandi.
🔆 Mazkur tadbir talaba-yoshlarni zararli odatlardan himoya qilish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.