Joriy yilning 18-noyabr kuni Xalqaro innovatsion universitetida ulug‘ va qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan “Yurtim faxri – Davlat bayrog‘i” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etib, davlat ramzlarimizning tarixiy ahamiyati, uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va xalqimiz uchun naqadar muqaddas ekanligi haqida fikrlar bildirildi.
Bayrog‘imiz — mustaqilligimiz timsoli, xalqimizning g‘ururi va sha’ni, milliy o‘zligimizning yorqin ifodasidir. Uning ranglari bizning tinchlikka, adolatga, bunyodkorlikka, kelajak avlod baxti va ravnaqiga bo‘lgan ezgu intilishlarimizni aks ettiradi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan bayrog‘imiz madhiga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, ramzlarimizni hurmat qilish, ularning mazmun-mohiyatini chuqur anglashga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi.
Ushbu tadbir nafaqat bayramona kayfiyat ulashdi, balki barcha ishtirokchilarning qalbida Vatanimiz ramzlariga bo‘lgan ehtirom va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Uz
Ru
En