Xalqaro innovatsion universitetda "Yurtim qadriyatlari" ko'rik-tanlovining fakultetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏆 Tanlovdan ko‘zlangan maqsad talaba yoshlarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, yoshlarni milliy va umum insoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimiz, an’ana, urf-odat, milliy san’atimiz bilan yaqindan tanishtirish, Yurtimizning tarixi va bugungi kuni hozirgi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan yoshlarimizni xabardor qilish, Jadidlarimiz hayotini chuqur o‘rganish, yoshlarni tarixiy tafakkurini oshirish orqali oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
🏆 Tanlov yakuniy natijalariga ko'ra, Tarix va filologiya fakulteti "Voha qadriyatlari" jamoasi g'olib bo'ldi va keyingi(hududiy) boshqichda yo'llanmani qo'lga kiritdi.